Sizda to'g'ri xodimni ishga olish bilan bog'liq muammo endi bo'lmaydi.
Qanday deysizmi? Unda saytni oxirigacha o'qing
Buni quyidagi instrumentlar orqali amalga oshirish mumkin:
Bular xalqaro standartlarga javob beradigan va O'zbekiston sharoitida ishlatilib, yaxshi natija olib kelgan shablon va instrumentlar hisoblanadi.
  • Ish e'loni
    Sizga kerakli bo'lgan lavozimlar uchun alohidadan ishga taklif qiluvchi va nomzodlarning eng moslarini saralab beruvchi ish e'lonlari. Bu instrument orqali siz sizga to'g'ri kelmaydigan nomzodlarga vaqt sarflash va nomzodlardan ish haqida keladigan beo'rin savollarga javob berish muammolaridan xalos bo'lasiz.
  • Ish anketasi
    Ko'p kompaniyalardagi muammo shundaki, juda ko'pchilik rezyumelarida yozilgan ko'nikmalarga ega bo'lishmaydi. Siz chiroyli rezyumelarga ishonib nomzodlarni suhbatga chaqirasiz, keyin esa bekordan vaqt sarflaganingizni tushunib yetasiz. Tizimlashgan kompaniyalar esa buning oldini olish uchun maxsus ish anketalaridan foydalanishadi. Ish anketalarida nomzodlar siz uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlarni o'zlari kiritishadi va haqiqatda siz qidirayotgan kadr ekanliklarini isbotlashga harakat qilishadi.
  • Intervyu o'tkazishda STAR tizimi
    Ish haqida e'lon berilib, nomzodlarning ma'lumotlari o'rganib chiqilganidan keyin saralanganlar bilan maxsus suhbat o'tkaziladi. Ko'plab kompaniyalar kabi intervyuda o'zini zo'r qilib ko'rsatgan, lekin ishni emas, faqat yaxshi gapirishni eplaydigan sifatsiz kadrlar bilan ishlashga majbur bo'lmasligingiz uchun STAR tizimidan foydalanishingiz mumkin..
  • Job offer (ish taklifi)
    Bu instrumentning ahamiyati siz o'ylagandan ancha yuqori. Nomzodlar bilan suhbat qilib, ishga qabul qilganingizdan keyin ularga ish haqida, oylik maoshlar, bonuslar, ta'tillar, dam olish kunlari haqida va boshqa ko'plab ma'lumotlarni tushuntirishingiz kerak bo'ladi. Bu alohida ovoragarchilik va vaqt talab qiladi. Job offer esa sizga shu o'rinda juda qo'l keladi. Bu instrument orqali yangi ishga olingan xodimlarning ish kunini boshlashlaridan avval barcha kerakli ma'lumotlarga ega bo'lib, tayyor holatda ishga kirishishlariga erishasiz
Xizmatlarimizdan foydalangan ba'zi kompaniyalar
Munosib xodim tanlash
Biznesingizdagi yonib turgan muammolarni aniq instrumentlar asosida qisqa muddatda hal qilishga tayyormisiz?
Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tib, bepul konsultatsiya hamda shablonni qo'lga kiriting.
Ko'p beriladigan savollar